Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmasevtika xodimlari ish haqi miqdorini oshirish haqidagi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmasevtika xodimlari ish haqi miqdorini oshirish haqidagi qarorni imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Qarorga muvofiq, davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdorlari 2018 yil 1 dekabrdan 1,2 baravar va 2019 yil 1 apreldan 1,15 baravar bosqichma-bosqich oshiriladi.

Mutasaddi idoralar 2019 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatda tibbiyot va farmasevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha quyidagilarga yo‘naltirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

Davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlarining lavozimiga va malakasiga, ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning murakkablik va javobgarlik darajasi, shuningdek, davolash-profilaktika muassasalari ixtisosligiga qarab bazaviy lavozim maoshlarini joriy etish;

Tibbiyot xodimlari faoliyatini va mehnati unumdorligini baholashning zamonaviy usullarini, shu jumladan, davolangan bemorlar elektron statistikasini bosqichma-bosqich tatbiq etish va bemorlar o‘rtasida onlayn so‘rovlar o‘tkazish orqali joriy etish;

Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqish, ular bajaradigan ishlar sifati, erishiladigan natijalar va ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarga jamoatchilik tomonidan berilgan baholarga qarab ularga haq to‘lanishini ta’minlash;

Tibbiyot muassasalari rahbarlariga alohida o‘rnak ko‘rsatgan vrachlarga Tibbiyot tashkilotlarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tarif stavkasining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar belgilash huquqini berish.

Hujjat bilan Sog‘liqni saqlash, Moliya hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklarining Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 08:44 08.11.2018. O'qildi: 2236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!