Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayev bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayev bilan muloqot qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar Qozog‘istonga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Mamlakatlarimizning do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Kiritildi: 19:30 17.05.2022. O'qildi: 1848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!