Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 oktyabr kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Tashqi razvedka xizmati rahbari Orxon Sultonovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Ozarbayjon idorasi boshlig‘i davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston-Ozarbayjon ittifoqchilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Turli darajalarda faol muloqotlar va samarali almashinuvlar davom etayotgani, o‘zaro savdo va investisiyalar ko‘rsatkichlari barqaror o‘sayotgani, tomonlar kooperasiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va jadallashtirish, madaniy-gumanitar tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatchilik hamda xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa zamonaviy xavflarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus xizmatlarning yaqin idoralararo hamkorligini mustahkamlash va samarali muvofiqlashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Kiritildi: 19:45 17.10.2024. O'qildi: 426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!