Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev navbatdagi xalqaro rasmiy tashrifga tayyorlanmoqda

Shavkat Mirziyoyev navbatdagi xalqaro rasmiy tashrifga tayyorlanmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon taklifiga binoan joriy yilning 24 26 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ladi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Tashrif dasturidan O‘zbekiston prezidentining Abu Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon hamda BAA vise-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashuvlari o‘rin olgan.

Muzokaralar kun tartibiga ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, innovasion, bank-moliya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni mustahkamlash masalalari kiritilgan.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Tashrif yakunida O‘zbekiston va BAA o‘rtasida Qo‘shma bayonotni qabul qilish, investisiyalar, moliya, qayta tiklanadigan energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, bojxona ma’muriyatchiligi, mehnat resurslari, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlarni imzolash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, davlat rahbari Masdar-siti texnoparki faoliyati bilan tanishishi, qator sanoat, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 11:06 23.03.2019. O'qildi: 1934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!