Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: «Iloji boricha o‘lim bo‘lmasligi kerak»

Shavkat Mirziyoyev: «Iloji boricha o‘lim bo‘lmasligi kerak»

3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda davlatimiz rahbari yana bir bor xalqimizga murojaat qildi.

– Yurtimizga chetdan kirib kelgan koronavirus kasalligiga chalinganlar soni 221 taga yetdi. Ming afsuski, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, bemorlardan 2 nafari vafot etdi. Ularning oila a’zolari va yaqinlariga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan chuqur ta’ziya bildirib, sabr-toqat va bardamlik tilayman.

Albatta, yo‘qotish oson emas. Biz hamma choralarni ko‘ryapmiz. Janubiy Koreyadan shifokorlar keldi, erta-indin Xitoydan mutaxassislar kelyapti. Germaniyadan, Rossiyadan eng yaxshi shifokorlarni olib kelamiz. Nimaga desangiz, iloji boricha o‘lim bo‘lmasligi kerak. Dunyoda qaysi mamlakatda qanday dori vositalari, qanday mutaxassislar borligini inobatga olib, hamma choralarni ko‘rishimiz kerak, – dedi Prezident.

Kiritildi: 07:40 04.04.2020. O'qildi: 2245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!