Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev iftorlik dasturxonida (+foto)

A A A
Shavkat Mirziyoyev iftorlik dasturxonida (+foto)

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov “Turkmanboshi ruhi” majmuasiga tashrif buyurdi.

Turkmanistonning birinchi Prezidenti Saparmurat Niyozov maqbarasi ziyorat etildi. O‘tganlar haqiga Qur’on tilovat qilindi.

Majmua yaqinida Turkmaniston Prezidentining otasi Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga bag‘ishlab iftor dasturxoni yozildi. Tadbirda ikki mamlakat muftiylari va ulamolar ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev iftorlik dasturxonida (+foto)

Davlat rahbari so‘zining avvalida Malikguli otaning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqi nomidan chuqur ta’ziya bildirdi. Marhumning ibratli hayoti, samarali faoliyati, savobli ishlari yodga olindi.

“O‘zbek va turkman xalqlari qadimdan bir-biriga yelkadosh bo‘lib, do‘st va birodar bo‘lib yashab kelmoqda. Buyuk mutafakkir Maxtumqulining:

Firog‘iyning ikki ko‘zi bor, Biri turkman bo‘lsa, biri o‘zbegim, degan o‘lmas satrlari ham buni tasdiqlaydi. Bugungi xotira marosimi ham ana shu azaliy qardoshlik va birodarligimizning yana bir amaliy namoyonidir”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ro‘zadorlar Alloh taolodan dunyoga tinchlik, salomatlik, xalqlarimizning do‘stligi va qardoshligi mustahkam bo‘lishini tilab duolar qildi.

Shavkat Mirziyoyev iftorlik dasturxonida (+foto)

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning amaliy tashrifi yakunlandi. Davlat rahbarini Ashxobod xalqaro aeroportida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kuzatib qo‘ydi.

Kiritildi: 23:54 29.04.2021. O'qildi: 5899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik