Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev hokimlarning vakolati qisqarib, deputatlarniki kengayishini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev hokimlarning vakolati qisqarib, deputatlarniki kengayishini ma’lum qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hokimlar vakolatini qisqartirib, deputatlarnikini kengaytirishini bildirdi.

Shavkat Shavkat Mirziyoyev bu haqda Qashqadaryoga safari davomida o‘tkazgan selektor yig‘inida ma’lum qilgan.

"Deputatlarga yanayam ko‘proq vakolatlar beraman. Prezident xalq vakillariga tayanishi kerak. Ikki yil oldin lavozimga kelganimda vaqti kelib hokimlar saylanishi, hokimlar viloyat kengashlariga rahbar bo‘lmasligini aytgandim. Keyingi yildan shunday bo‘ladi", - dedi prezident Mirziyoyev.

O‘z chiqishida Mirziyoyev bir rahbar ham hokim, ham kengash raisi bo‘lolmasligini urg‘ulagan.

"Kerak bo‘lsa, hokim kengashga hisobot beradi. Viloyat va tuman deputatlariga ham vakolatlar beriladi. Jamiyatda raqobat bo‘lishi kerak. Hamma bir-biriga quloq solishi kerak. Yo‘qsa, O‘zbekiston yana orqaga ketadi", deb ta’kidlagan Mirziyoyev.

Manba: sof.uz

Kiritildi: 19:48 16.12.2018. O'qildi: 1760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!