Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Bunyodkor ko‘chasidagi ko‘prik ochilishida qatnashdi

Shavkat Mirziyoyev Bunyodkor ko‘chasidagi ko‘prik ochilishida qatnashdi

Bugun, 10 avgust kuni Toshkent shahrining Bunyodkor ko‘chasidagi ko‘prik ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi qurib bitkazilgan ushbu ko‘prikni kelib ko‘rdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Ma’lumki, Bunyodkor ko‘chasi poytaxtning eng serqatnov yo‘llaridan biri. Bu ko‘chaning Toshkent halqa yo‘li, Farhod, Muqimiy, Islom Karimov, Navoiy va boshqa yirik ko‘chalar bilan kesishgan joylarida yo‘l o‘tkazgich va tunnellar qurilgan.
 
Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq Bunyodkor va Cho‘pon ota ko‘chalari chorrahasida ham yangi ko‘prik bunyod etildi. Buning natijasida endi Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab to‘xtovsiz va xavfsiz harakat ta’minlanadi. Yo‘l o‘tkazgichda transportlar 6 ta qatorda harakatlanishi mumkin.
 
Shuningdek, bu yerda 124 metrlik ikkita piyodalar o‘tish ko‘prigi qurilgan. Nogiron va keksalarga qulaylik yaratish maqsadida lift va eskalator o‘rnatilgan.
 
Davlat rahbari hududda amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishgan.
 
Bunday inshootlarni qulaylik va xavfsizlik nuqtai nazaridan aql bilan loyihalashtirish, ularni sifatli va zamonaviy qilib qurish zarurligini ta’kidlagan. Ushbu maydon va ko‘chalarda odamlarga qulayliklarni yanada oshirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirgan.
 
Shavkat Mirziyoyev G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini ham kirib ko‘rgan. Bog‘ni zamonaviy qilib qayta qurish, bu yerda ochiq va yopiq akvapark barpo etish bo‘yicha topshiriq bergan. Shu bilan birga, Bog‘dagi bironta ham daraxt kesilmasligi kerakligini ta’kidlagan.

Manba: qalampir.com

Kiritildi: 13:25 10.08.2018. O'qildi: 1648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!