Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini tavsiya etdi

Shavkat Mirziyoyev bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini tavsiya etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining 21 yanvar kungi qo‘shma majlisida bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini tavsiya etdi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, yangi saylangan O‘zbekiston Senatining 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi yalpi majlisida bosh vazir Abdulla Aripovning hukumati o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risidagi arizasi o‘qib eshittirilgan edi.

Undan avvalroq, O‘zLiDeP Siyosiy kengashining 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Abdulla Aripov nomzodi O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga ilgari surilgan edi.

O‘zLiDeP 2019 yilgi parlament saylovlari yakunlariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng ko‘p — 53 ta deputatlik o‘rnini egallagani bois bosh vazir nomzodini ilgari surish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 15:28 21.01.2020. O'qildi: 1828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!