O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga bordi.
Poytaxt aeroportida uni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi. Shundan so‘ng mamlakatlar yetakchilari muzokara o‘tkazdi (http://www.gazeta.uz/uz/2021/11/28/uzb-turkman/?utm_source=push&utm_medium=telegram).
Suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi Turkmaniston rahbari va birodar turkman xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram — Betaraflik kuni bilan samimiy qutlagan.
Muzokara chog‘ida joriy yil oktyabr oyida oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq savdo-iqtisodiy hamkorlik borasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgan.
So‘ng tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.