Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Sharja amirining o‘g‘li Londondagi uyidan o‘lik holda topildi

A A A
Sharja amirining o‘g‘li Londondagi uyidan o‘lik holda topildi

Sharja shahri amirining o‘g‘li shayx Xolid bin Sulton Al Qosimi 39 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi Tengrinews.

The Sun nashrining yozishicha, Al Qosimi 1 iyul kuni Londondagi uyining vannaxonasidan o‘lik holda topilgan. Qo‘li galstuk bilan bog‘langan Al Qosimining yonida shpirslar bo‘lgan. O‘lim sabablari hozircha noma’lum.

Sodir bo‘lgan voqea sabab Birlashgan Arab Amirliklarida uch kunlik motam e’lon qilingan.

Xolid Al Qosimi Sharja amiri shayx Sulon bin Muhammad Al Qosimining uchinchi o‘g‘li hisoblanadi. U Buyuk Britaniyada yashab, o‘zining Qasimi kiyim brendiga asos solgandi.

Kiritildi: 09:17 03.07.2019. O'qildi: 2664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik