Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shanxayda chet ellik turistlar uchun "Shanghai Pass" depozit kartasi ishga tushirildi

Shanxayda chet ellik turistlar uchun "Shanghai Pass" depozit kartasi ishga tushirildi

Karta bilan jamoat transportining barcha turlarida, hamda taksi va paromlarda sayohat qilish, diqqatga sazovor madaniy joylarni ziyorat qilish uchun, shu jumladan mashhur "Sharq marvaridi" teleminorasi va Shanxay muzeyi, savdo markazlarida xarid qilish mumkin.

"Shanghai Pass" kartasi Xitoyning Pekin, Guanchjou, Sian, Sindao, Chengdu, Sanya va Syamen kabi boshqa shaharlarida ham amal qiladi.

Shanxay shahar madaniyat va turizm boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida Shanxay 1,27 million turistni qabul qildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 250% ga ko‘proq va shahar yil oxirigacha 5 millionga yaqin turistni qabul qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 12:09 25.06.2024. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!