Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Shamollash mavsumi oldidan immunitetni qanday ko‘taramiz?

Shamollash mavsumi oldidan immunitetni qanday ko‘taramiz?

Mutaxassislar virusdan himoyalovchi 7 ta tabiiy mahsulotni tavsiya qildi.

Salqin kuz boshlandi. Bilamizki, bu faslda ko‘pchilikni shamollash kasalligi bezovta qiladi. Bunga esa aksariyat hollarda organizmda immunitetning pastligi sabab bo‘ladi.

Quyida virus va bakteriyalardan samarali himoyalovchi va immunitetni mustahkamlovchi 7 ta tabiiy mahsulot haqida ma’lumot beramiz.

1. Yer qalampiri. Tabiatda patogen bakteriyalar, viruslar va parazitlar rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi o‘simliklar ko‘p. Bu xususiyat ular tarkibidagi maxsus moddalar — “fitonsidlar” bilan bog‘liq. Ushbu modda mo‘l bo‘lgan ozuqa mahsulotlarini iste’mol qilish immunitetni oshirish bilan birga, salomatlikni mustahkamlaydi.

Er qalampiri – ana shunday tabiiy antibiotik. U uzoq vaqtdan beri xalq tabobatida qo‘llanilib kelmoqda va antibakterial hamda qonni tozalash xususiyatlari tufayli alohida qadrlanadi. Qolaversa, bu tabiiy mahsulot safro haydaydi. Yallig‘lanishga qarshi kurashib, balg‘am ajralishiga yordam beradi.

Agar u ovqatga qo‘shib iste’mol qilinsa, oshqozon-ichak traktining yaxshilanishi va qonda qand miqdorining pasayishiga yordam beradi.

2. Piyoz va sarimsoq. Agar immunitetingiz kuchli bo‘lishini istasangiz, bu ikki mahsulot dasturxoningizda doimo bo‘lishi kerak. Chunki aksariyat bakteriyalar, virus va parazitlar piyoz va sarimsoqdan “qo‘rqadi”.

O‘ziga xos hidi bo‘lishiga qaramay, ular muntazam ravishda taomnomaga kiritilishi zarur, ayniqsa, mavsumiy shamollash paytida.

3. Zanjabil. Esingizda bo‘lsa, koronavirus pandemiyasi davrida u oltinga teng mahsulotga aylangan edi. Sababi zanjabil viruslarning oldini olish va ulardan himoyalash uchun ajoyib xususiyatga ega. Aytgancha, u homilador ayollarda ko‘ngil aynishini kamaytirishda ham juda foydali.

Buning uchun tozalangan zanjabilni qobig‘i bilan birga limonga aralashtirib, xamir tayyorlanadi. So‘ng uni oz miqdorda asal bilan qorishtirib, kichik qoliplarga solinadi va muzlatichga qo‘yiladi. So‘ng undan choy qilib ichilsa, immunitetni tez ko‘taradi.

4. Xantal. U ham ajoyib tabiiy antibiotik. Xantal fitonsidlarning kuchli zaryadini o‘z ichiga olib, immunitet tizimini mukammal darajada rag‘batlantiradi.

5. Turp. Tabiiy antiseptik mahsulot bo‘lib, dezinfeksiyalash xususiyatiga ega. Qolaversa, uni tez-tez iste’mol qilish immunitetni mustahkamlaydi.

6. Klyukva. immun tizimi uchun ajoyib foydali rezavor. Shuningdek, klyukva safro chiqishini rag‘batlantirib, kayfiyatni ko‘taradi. Ushbu mevani iste’mol qilishning eng yaxshi usuli — undan muzlatilgan va maydalangan holda shirinlik yoki ichimlik tayyorlash.

7. Sabzi sharbati. Uning tarkibida selen, fosfor, magniy, yod kabi foydali modda va vitaminlar bo‘lib, tanada qon aylanishini yaxshilaydi va immunitetni ko‘taradi. Bundan tashqari, sabzi sharbati isitmani tushirib, og‘iz bo‘shlig‘idagi bakteriyalarni yo‘q qilishga yordam beradi.

Kiritildi: 09:00 06.09.2024. O'qildi: 1837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!