Germaniyaning Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasi O‘zbekiston haqida “Buldozerlar ostida qolgan madaniy me’ros” nomli maqola chop etdi.
Uning muallifi Xalqaro tarixiy yodgorliklarni saqlab qolish qo‘mitasi vakili Yens Yordan bo‘lib, u O‘zbekistonda tarixiy shaharlar qiyofasi o‘zgarib borayotganini bir necha yil davomida kuzatish natijasida tanqidiy maqola e’lon qilgan. Sputnikning yozishicha, maqolada Shahrisabz haqida ham so‘z boradi.
Shahrisabzda “turizmni rivojlantirish choralari” oqibatida kamdan kam uchraydigan voqea sodir bo‘ldi. ICOMOS – shahrisabzni “Umumujahon madaniy me’rosi shaharlari” ro‘yxatidan chiqarishni taklif qildi. Bunga restavrasiya davomida yo‘l qo‘yilgan, shaharning takrorlanmas xususiyatining yo‘qolshi sabab bo‘lgan.
Gap shundaki, XV asrda Temuriylar davrida qurilgan Shahrisabz shahri markazi to‘rt burchakli himoyalangan qo‘rg‘ondan iborat bo‘lib uning atrofi ortogonal joylashgan ko‘chalar bilan o‘ralgan. Shahar markazini bunday himoyalash uslubi takrorlanmas bo‘lib, u Shahrisabzni Markaziy Osiyoning o‘ziga xos arxitektura yodgorligi edi.
Restavrasiya davomida esa shahar markazi orqali katta to‘g‘ri yo‘l solingan. Uning atrofida esa mehmonxona turistik inshootlar qurilgan. Fuqarolar uylari esa turistlar nazaridan baland devor bilan to‘sib qo‘yilgan. Bunday ko‘rinishda shahar o‘zining tarixiy qimmatini yo‘qotgan.