2018 yilning 25 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi S.S. mast holda uyida o‘zaro janjal sabab ukasi F.S.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, natijada F.S. kasalxonaga yotqizilib, S.S. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.