Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M. “Loliston” MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil qilib, qo‘lbola usulda yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, 300 litr iste’molga yaroqsiz yog‘ va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.