Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Shahram G‘iyosov: “Sportdagi armonim Olimpiada chempioni bo‘lish!”

Shahram G‘iyosov: “Sportdagi armonim Olimpiada chempioni bo‘lish!”

Professional boksning super yengil vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov yana havaskor boksga qaytmoqda. Bu haqida “GoSport”  xabar bermoqda.

“Shahram 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishni maqsad qilgan. Shu sababdan uning 2020 yil fevralda Xitoyda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlariga saralash turnirida ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Ayni vaqtda u O‘zbekiston boks terma jamoasi bilan Yangioboddagi sport bazasida mashg‘ulot olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

“Rio olimpiadasi vaqtida mening sharafimga madhiyamiz yangrab, bayrog‘imiz yuqori ko‘tarilishini xohlaganman. Ammo bir qadam qolganda bu ish amalga oshmay qoldi. Endi buni Tokioda amalga oshirmoqchiman”, deya gapirib o‘tgan o‘iyosov intervyularining birida.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov professional boksda 9 ta jang o‘tkazishga ulgurgan bo‘lib, WBA International chempionlik kamari sohibi ham sanaladi.

 

Kiritildi: 20:05 12.12.2019. O'qildi: 2014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!