Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shahram G‘iyosov Shohjahon Ergashev bilan jang qilishi haqida: "Nega urushmaymiz?" (video)

Shahram G‘iyosov Shohjahon Ergashev bilan jang qilishi haqida: "Nega urushmaymiz?" (video)

Chempion Shahram G‘iyosov «Daryo» internet nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Shahram G‘iyosov Shohjahon Ergashev bilan bo‘ladigan jangiga oydinlik kiritdi.

 

Biz hayotda raqib emasmiz. Biz haqimizda chiqqan o‘sha mish-mish ham birga ovqatlanib o‘tirganimizda, hazilning orqasidan paydo bo‘lgan. Hozircha bizning jangimiz bo‘lmaydi, desam ham bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlar yoki telefon orqali ko‘p suhbatlashmasak-da, bir-birimizni ko‘rib qolganimizda hurmatimizni joyiga qo‘yamiz. Men hech qachon ‘urushmayman’ deb ayta olmayman, u ham ayta olmaydi. Hozir ikkalamiz ham reytingda ko‘tarilib ketyapmiz. Agarda jang bo‘lgan taqdirda ham bir kishi ‘pastga’ tushadi. Shahram G‘iyosov yoki Shohjahon Ergashev deganda faqat O‘zbekiston emas, butun dunyo bular O‘zbekiston sportchilari deb bilishi kerak. Makgregor va Meyvezer qanaqa katta mablag‘da urushishdi. 300 mln dollar! Shunaqa mablag‘ aytishsa, nega urushmaymiz, urushamiz. Bizning jangimiz hech qachon avvaldan kelishilgan bo‘lmaydi. Agar jang bo‘lsa haqqoniy jang bo‘ladi.

Shahram G‘iyosov, bokschi

Kiritildi: 15:14 16.06.2019. O'qildi: 3312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!