Shahnoza Mirziyoyeva Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti magistri unvonini qo‘lga kiritdi.
Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Bugun — hayotimdagi muhim bosqichlardan birining yakunlangan kunidir! Men yana bir bor magistr unvoniga ega bo‘ldim! His-tuyg‘ularim birinchi marta olgandagidek yorqin va jo‘shqin. Ko‘p yillik mehnat ortda qoldi, endilikda esa oldinda yangi imkoniyatlar va istiqbollar kutib turibdi. Ushbu yo‘lda menga doim dalda bergan oilamga, ustozlarimga, hamkasblarim va do‘stlarimga chuqur minnatdorchilik bildiraman”, deb yozadi Mirziyoyeva.