Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shaharsozlik kodeksining yangi tahriri o‘rganilmoqda

Shaharsozlik   kodeksining  yangi tahriri  o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat,  qurilish   va  savdo  masalalari qo‘mitasida “O‘zbekiston  Respublikasining   Shaharsozlik   kodeksini  tasdiqlash   xaqida”gi    O‘zbekiston  Respublikasining  qonun  loyhasi   o‘rganilmoqda.

Ishchi guruh a’zolarining  takidlashicha,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5577-son Farmoni bilan Qurilish vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish topshirig‘i berilgan.  Mazkur topshiriqlarni bajarish maqsadida, Qurilish vazirligi tomonidan ishchi guruhi tuzilib, guruh tarkibiga masalaga aloqador vazirlik va idoralar vakillari, Toshkent Arxitektura va qurilish instituti, Samarqand Davlat Arxitektura va qurilish instituti olimlari, loyihalash va qurish sohalarining katta tajribaga ega mutaxassislari kiritildi.Mutaxassislar  tomonidan  Kodeksning mavjud moddalarini qayta ishlash va yangi normalarini kiritishda xorijiy davlatlar, jumladan Rossiya Federasiyasi, Germaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Belorussiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon tajribalaridan foydalanilgan.

   Ushbu  kodeksning   qabul  qilinishi:

-shahar va qishloq aholi punktlarida aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish;

-xo‘jalik va boshqa faoliyatning atrof muhitga yetkazadigan zararli ta’siriga yo‘l qo‘ymaslik xamda ekologik vaziyatni yaxshilash;

-aholi punktlarining va ularga tutash hududlarning muhandislik va transportga oid hamda ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish;

-madaniy meros ob’ektlarini asrash;

-sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash;

manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;

-jamiyat va davlat manfaatlarini uyg‘unlashtirish masalalari tartibga solinadi.

Shuningdek,  yangi tahrirdagi kodeksda: “aholi punkti”, “shahar”, “shaharcha” va “qishloq (ovul)”, “ob’ektlar turlari”, “o‘zboshimchalik bilan qurilish qilish”, “urbanizasiya” hamda “shaharsozlik faoliyatida fuqarolar muhokamasi ishtiroki” va boshqa iboralarning tushunchalari, Qurilishni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy prinsiplari, shaharsozlik normalari va qoidalari, shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlarning muhokamasida jamoatchilik nazorati, yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishining asosiy yo‘nalishlarini, qurilish sohasidagi lisenziyalash tartibi, qurilishni nazorat qilish va amalga oshirish, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablari, shaharsozlik faoliyatining moliyaviy ta’minoti, sug‘urtalash va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik  kabi   kiritilayotgan  yangi  moddalar   haqida  ham  tushinchalar  berilgan.

  Qo‘mita raisi:   V.Muratkabilov

 

Kiritildi: 22:50 14.02.2020. O'qildi: 2479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!