Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi" DM direktori matbuot kotibi tayinlandi.
Mavlyan-Kariyeva Azizaxon Ziyovuddinxon qizi "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi" DM direktori matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi. A.Mavlyan-Kariyeva O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston-24», «Yoshlar», «Toshkent» telekanallarida turli lavozimlarda ishlagan.
Mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.