Seutadagi minglab muhojirlar Yevropa hududiga qanday kirgani ma’lum bo‘ldi.
Ispaniya OAVlariga ko‘ra, Marokashdan kelgan muhojirlar Seutadagi chegara devorini oshib o‘tmagan.
Ular dengiz orqali aylanib o‘tib, bir necha metr suzish bilan Ispaniya hududiga kirgan.
Shundan so‘ng muhojirlar turli tomonga tarqalib ketgan. Hodisa ortidan ayrim kuzatuvchilar Yevropadagi chegara devorlarining samaradorligini savol ostiga qo‘ymoqda.