Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Seuta yana takrorlanmasin»

«Seuta yana takrorlanmasin»

«Seuta yana takrorlanmasin»: YEI migrantlar oqimiga qarshi tezkor reja tuzdi.

Evropa Ittifoqining 18 davlati tashqi chegaralarga migrantlar oqimi keskin kuchaygan taqdirda amalga oshiriladigan yangi harakat rejasini kelishib oldi.

Rejaga ko‘ra, avval migrasiya inqirozi deb baholash uchun umumiy mezonlar ishlab chiqiladi. Keyin bunday holatlarda migrantlarni qaytarish jarayoni tezlashtirilishi mumkin.

Shuningdek, Frontex tarkibida maxsus tezkor guruh tashkil etilib, zarurat tug‘ilganda YEI tashqi chegarasidagi davlatga 24 soat ichida yordamga yetib borishi rejalashtirilmoqda. Biroq bunday yordamni davlatning o‘zi so‘rashi kerak.

Yangi mexanizmga Ispaniyadagi Seuta voqealari turtki bo‘lgan. Iyul oyi oxirida o‘n minglab migrantlar Marokashdan Ispaniyaning Seuta anklaviga o‘tishga uringan. Ayrimlar chegarani suzib kesib o‘tgan, boshqalar esa to‘siqlardan oshib o‘tgan.

Qizig‘i, reja muhokama qilingan uchrashuvda aynan Ispaniya ishtirok etmagan.

Kiritildi: 21:30 28.09.2026. O'qildi: 384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!