Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Serxio Ramos Braziliya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Serxio Ramos Braziliya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Serxio Ramos Braziliyaning "Vasko da Gama" klubiga o‘tishi mumkin.

Himoyachi bugungi kunda klubsiz.

Braziliyalik sobiq futbolchi Edmundoning so‘zlariga ko‘ra, klub futbolchining agenti bilan aloqaga chiqqan. Tomonlar shartnomaning tafsilotlarini muhokama qilgan. "Vasko da Gama" vakillari futbolchining maoshi bo‘yicha bosh qotirmoqda, klub himoyachining narxini qimmat deb hisoblamoqda.

Avvalroq Serxio Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ramosning so‘nggi klubi Ispaniyaning "Sevilya"si bo‘lgan. Mudofaa chizig‘i vakili o‘tgan mavsum klub tarkibida 37 o‘yinda qatnashib, 7 ta gol urgan va 1 ta golga pas uzatgan.

Kiritildi: 11:00 11.09.2024. O'qildi: 1083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!