Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Sergey Lavrov KXDRda Kim Chen In bilan uchrashdi

Sergey Lavrov KXDRda Kim Chen In bilan uchrashdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov KXDR yetakchisi Kim Chen Inga prezident Vladimir Putinning xabarini etkazdi.

“Prezident sizlarga samimiy salom yo‘llab, erishilgan barcha kelishuvlarga sodiqligini tasdiqlaydi. Va siz bilan yaqin kelajakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni davom ettirishga umid qiladi", - dedi Lavrov Kim Chen In bilan uchrashuvda.

Bir kun avval Rossiya TIV rahbari tashrif bilan Shimoliy Koreyaga bordi. U mamlakat rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Lavrov KXDR tashqi ishlar vaziri Soy Son Xi bilan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid masalalar, Koreya yarimorolidagi vaziyat va bo‘lajak muloqotlar jadvalini muhokama qildi.

Bundan tashqari, Rossiya va KXDR o‘rtasida strategik muloqotning ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Lavrovning ushbu tadbirdan keyingi asosiy bayonotlari:

Moskva "Ukrainani himoya qilish uchun ko‘p millatli kuchlar korpusini yaratish" urinishlarini jiddiy qabul qilmaydi, bu fantaziya.

Rossiya va KXDR Shimoliy-Sharqiy Osiyoda NATO infratuzilmasini yaratishga urinishlarni xavfli deb hisoblaydi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida teng va ajralmas xavfsizlikni ta’minlash uchun ishonchli mexanizmlarni yaratish zarurligi haqida kelishib oldi.

Rossiya Vashington, Seul va Tokioni ittifoqchilik aloqalarini suiiste’mol qilishdan ogohlantiradi.

Moskva Pxenyan nima uchun yadroviy dasturini rivojlantirayotganining sabablarini tushunadi.

Rossiya va KXDR hamkorligi Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi.

Putin va Kim Chen In doimiy aloqada.

Rossiya va KXDR dengiz aloqalarini tiklashni rejalashtirmoqda.

Sergey Lavrov keyinroq Xitoyga jo‘nab ketadi.

Kiritildi: 21:45 12.07.2025. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!