Keyingi paytda firibgarlik bilan bog‘liq holatlar tez-tez uchrayapti. Sodda odamlarning ishonchiga kirish, aldash bobida ustasi faranglar shunday ishlarga qo‘l urishmoqdaki, eshitib yoqa ishlaysan kishi.
"Postda.uz" nashrining yozishicha, poytaxtimizning Sergeli tumanida yashovchi Sardor Bobobekov (ims-shariflar o‘zgartirildi) ana shundaylardan biri bo‘lib chiqdi. U buxorolik G‘olib Jamolovni rosa avradi, ishonchiga kirib o‘zi yashayotgan tumandan uy olib beraman deb, undan naqd 33 ming AQSh dollarini oldi.
Oradan vaqt o‘tdi. Sardor va’da qilingan uyni sotib oldi, faqat G‘.Jamolovning nomiga emas, o‘z nomiga rasmiylashtirdi. Bu ham yetmagandek, keyinchalik uyni boshqa birovga sotib, pullarni o‘z ehtiyoji uchun sarflab yubordi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.