Sergelida ayol qotillik qurboniga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
Aniqlanishicha, Toshkent shahrining Sergeli tumanida 2018 yil 16 fevraldagi bedarak yo‘qolib qidiruvda bo‘lgan Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashagan, Sergeli tumani Obirahmat ko‘chasida joylashgan “Abror style” go‘zallik saloni ishchisi N.M. ismli ayol shu go‘zallik salonidan noma’lum ayol bilan noma’lum tomonga ketib bedarak yo‘qolgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida Toshkent shahar Sergeli tumanida ro‘yhatda turuvchi, vaqtincha Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida yashovchi M.A. ismli ayol uyida o‘zaro janjal oqibatida N.M.ning yuziga sirka kislotasini sepib, bo‘yin hamda yelka qismlariga pichoq bilan urib jarohat yetkazib, so‘ng tanasini bolta bilan bo‘laklarga ajiratib, polietilen qoplarga joylashtirganligi va Quyichirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi “Chirchiq” daryosiga tananing qorin qismini tashlab yuborganligi hamda tananing qolgan qismlarini shu daryo qirg‘og‘ida joylashgan chakalakzorga tashlab ketganligi aniqlangan. Ko‘rilgan choralar natijasida M.A. ushlangan.