Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Sergeli tumanida ijaraga olingan avtomashinalarni sotib yuborgan firibgarlar aniqlandi

Sergeli tumanida ijaraga olingan avtomashinalarni sotib yuborgan firibgarlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro I.U. va boshqalar oldindan til biriktirib, “M.L.” MCHJdan ijara shartnomasiga asosan avtotransport vositasini olgan 39 nafar fuqaroni aldab, go‘yoki ular tomonidan to‘lovlar o‘z vaqtida MCHJga kelib tushmayotganligini ma’lum qilib, ulardan avtotransport vositalarini qaytarib olib, MCHJ rahbarining xabardorligisiz boshqa shaxslarga sotib yuborishib, jamiyat manfaatlariga 5,3 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:05 09.06.2021. O'qildi: 1281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!