Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Sergeli metrosidagi pornografik jumlani kim yozgan edi?

Sergeli metrosidagi pornografik jumlani kim yozgan edi?

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining Sergeli filialining –bekat stansiyasida interval soatlarini ko‘rsatib turadigan tabloda o‘zbekchilikka to‘g‘ri kelmaydigan noo‘rin so‘zlardan iborat yozilgan videolavha tarqaldi.

Ushbu holat qanday yuz berdi? Voqea tafsilotiga aniqlik kiritish maqsadida Zamon.uz muxbiri Munojat Valiyeva “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot tahliliy media markazi xodimlari bilan bog‘landik.

Aniqlanishicha, voqea 12 aprel kuni soat 16:40 da sodir bo‘lgan. Mutasaddilarning aytishicha,tablodagi yozuvlar metro xodimlari tomonidan emas, balki elektron tabloga masofadan bog‘lanish funksiyasi orqali bog‘langan holda noma’lum shaxslar tomonidan o‘zgartirilgan.

Simsiz Wi-Fi orqali boshqariladigan soat mexanizmiga xakerlar hujum qilgan. Xakerlar soatga o‘rnatilgan parolni buzishgan va odobsiz yozuvni qo‘yishgan. Ushbu yozuv tezkorlik bilan 4 daqiqa ichida o‘chirilgan. Huquqni muhofaza qilish idoralari aybdorlarni qidirmoqda. Ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.

Kiritildi: 12:32 15.04.2021. O'qildi: 13552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!