Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Serdar Berdimuhamedov Moskvaga keldi

Serdar Berdimuhamedov Moskvaga keldi

Serdar Berdimuhamedov birinchi xorijiy tashrifini Rossiyaga amalga oshirdi.

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuxamedov rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Kremlda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro mavzular muhokama qilindi.

Vizit prezidenta Turkmenistana v Moskvu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2022

Aytish joizki Serdar Berdimuhamedovning ushbu rasmiy tashrifi uning 2022 yil 19 martda Turkmaniston Prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin birinchi xorijiy safaridir.

Mehmonni qutlar ekan, Vladimir Putin Rossiya va Turkmaniston orasidagi strategik ahamiyatga ega munosabatlar ildam rivojlanib borayotganini va yil boshidan buyon savdo-sotiq hajmi 40%ga oshganini qayd etdi.

Vizit prezidenta Turkmenistana v Moskvu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2022

Berdimuxamedov, o‘z navbatida Rossiya prezidentini hamda butun rus xalqini yaqinlashib kelayotgan Rossiya kuni bilan tabrikladi. Shuningdek kelajakda ham ikki davlat orasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat, ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olishga asoslangan bo‘lishiga umid bildirdi.

Undan tashqari, Serdar Berdimuxamedov Rossiya prezidentiga samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib sobiq prezident Gurbanguli Myalikgulevich Berdimuhamedovning salomini Putinga yetkazdi.

Kiritildi: 22:17 10.06.2022. O'qildi: 3056 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!