Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Serbiyada 6 kishi davlat to‘ntarishiga tayyorgarlikda gumonlanib hibsga olindi

Serbiyada 6 kishi davlat to‘ntarishiga tayyorgarlikda gumonlanib hibsga olindi

Serbiyada mamlakat konstitusiyaviy tuzumi va xavfsizligiga qarshi harakatlarga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumon qilinib, olti kishi qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 21 iyun kuni gumondorlar «Serbiyada hokimiyatni zo‘ravonlik bilan almashtirishni rejalashtirish» maqsadida Kralevo shahridagi mehmonxonada to‘planishgan. Yig‘ilishda hukumat amaldorlariga, polisiyaga hujumlar, hukumat binolari va ommaviy axborot vositalarining zo‘ravonlik bilan egallab olinishi muhokama qilingan.

Huquq-tartibot idoralari qo‘lga olinganlardan birining yonidan qurol olib yurishga ruxsatnomasi bo‘lmasa-da, seriya raqami o‘chirilgan to‘pponcha topdi. Yana bir mahbusning yonidan arbalet topilgan.

Gumonlanuvchilar orasida sobiq mansabdorlar, jumladan, Serbiya Harbiy kasaba uyushmasi sobiq raisi Novitsa Antich ham bor. Novitsa Antich haqida 2024 yilning mart oyida Politico nashri G‘arb razvedka agentligiga tayanib, Rossiya maxsus xizmatlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan josus ekanligini yozgan.

Gumonlanuvchilar hibsga olingan, ular 48 soat mobaynida o‘sha yerda qolishadi.

Kiritildi: 16:22 26.06.2025. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!