Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Serbiya Respublikasi sobiq prezidenti Radovan Karadjich umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Serbiya Respublikasi sobiq prezidenti Radovan Karadjich umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Xalqaro jinoyat ishlari bo‘yicha tribunalining Apellyasiya palatasi Serb Bosniyasi va Gersegovina Respublikasi sobiq prezidenti Radovan Karadjichni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, deya xabar beradi Gazeta.ru .

Shu bilan birga, 2016 yilda BMT tribunali Karadjichga 1992 1995 yillardagi urush jinoyatlari, xususan, Sarayevoning qamal qilinishi va Srebrenisada sodir etilgan genosid uchun 40 yil jazo muddati tayinlagan edi. Biroq, jazo juda yumshoq deb topilib, uni umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi talab qilindi.

Apellyasiya palatasi Radovan Karadjichni umrbod qamoq jazosiga mahkum etdi , deydi raislik qiluvchi sudya Van Prusse Yonsen.

2016 yilda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tribunal qarorini sobiq Yugoslaviya uchun hisob-kitoblar maskani deb atadi va Karadjichning so‘nggi hukmini juda qattiq deb ta’riflagan edi.

1992 1996 yillarda Serbiya Respublikasi Prezidenti bo‘lgan Radovan Karadjich 2009 yil yozida hibsga olinib, Bosniya urushidagi harbiy jinoyatlari uchun Gaaga tribunali oldida javob bergan edi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 22:15 20.03.2019. O'qildi: 1570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!