Bir kishi yo‘lning o‘rtasiga o‘tirib olib, tinmay qo‘llarini osmonga cho‘zgancha nola qilardi. Buni ko‘rgan bir musofir uning oldiga bordi va bu ishining sababini so‘radi.
- Eh, uzoqdagi qorli cho‘qqilarga havasim kelyapti. Ular shu qadar toza va oppoqki, ularning oldida nopok kabiman!.. Tog‘ ustidagi gullar shu qadar go‘zalki, ularning oldida bir abgordirman!.. Bog‘da sayrayotgan bulbullar bir-biri bilan dardlashadi, suhbat quradi. Odamlar ham ularning xonishiga mahliyo bo‘lib, ularni himoya qiladilar! Men esa o‘sha bulbullar oldida yolg‘iz va panohsizman!.. dedi.
Musofir nola qilgan kishining javobini diqqat bilan tingladi va unga dedi:
- Senga nasihatim – namoz o‘qi!...
- Nima?! Namozni bunga nima aloqasi bor?
Musofir yengilgina jilmaydi va javob qildi:
- Sen qorli cho‘qqilardanda pokroq bo‘lishni istading. Agar namoz o‘qishdan oldin tahorat qilsang, haqiqiy poklik nimaligini tushunib yetasan!
Sen tog‘dagi gullardan-da go‘zalroq bo‘lishni istading. Agar namozni xushu-huzu bilan o‘qisang, qalbi va tashqi ko‘rinishi eng go‘zal insonga aylanasan!
Sen bog‘dagi bulbullarga havas qilding. Agar namoz o‘qisang Alloh seni eshitadi, qilgan duolaringni albatta ijobat etib, senga madad beradi!..
Manba: muslim.uz