Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Senatning 13-yalpi majlisi 12 mart kuni chaqiriladi

Senatning 13-yalpi majlisi 12 mart kuni chaqiriladi

26 fevral kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda yuqori palata axborot xizmati.

Unda Oliy Majlis Senatining 13-yalpi majlisini 12 mart kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Navbatdagi majlisda «O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to‘g‘risida"gi konstitusiyaviy qonuni, qolaversa, «Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi, «Ekologik audit to‘g‘risida"gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi, «Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida"gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hisoboti, ichki ishlar, tashqi ishlar va adliya vazirlarining axborotlari, Surxondaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisoboti eshitilishi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarda nazarda tutilgan Barqaror infratuzilmani yaratish, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuv va innovasiyalarga ko‘maklashish maqsadiga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, qolaversa, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish to‘g‘risidagi masalalar ham ko‘rilishi reja qilingan.

Shuningdek, O‘zbekiston maxsus iqtisodiy zonalarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha qabul qilinayotgan choralar hamda nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari muhokama qilinadi.

Kiritildi: 21:46 27.02.2021. O'qildi: 2111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!