Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Senat O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qonunni ma’qulladi

Senat O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qonunni ma’qulladi

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.

Qonunga muvofiq:
➖ islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun alohida lisenziya turi joriy etiladi;
➖ banklarga to‘liq islomiy bank sifatida yoki an’anaviy va islomiy bank xizmatlarini birgalikda ko‘rsatish imkoniyati beriladi;
➖ Markaziy bank va tegishli banklarda Islomiy moliya kengashlari tashkil etiladi;
➖ Soliq kodeksiga islomiy moliya operasiyalari bo‘yicha alohida soliq tartibi kiritiladi, ayrim operasiyalar QQSdan ozod etiladi.

Senatorlar fikricha, ushbu qonun moliyaviy xizmatlar qamrovini kengaytiradi, raqobat muhitini yaxshilaydi va bank-moliya sohasiga yangi strategik investorlarni jalb etishga xizmat qiladi.

Mazkur Qonun bilan 2 ta kodeks hamda 7 ta qonunga islomiy bank faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilovchi yangi normalar bilan to‘ldiriladi.

Muhokama yakunlariga ko‘ra, qonun ma’qullandi. Endilikda imzolash uchun Prezidentga kiritiladi.

Kiritildi: Bugun 18:38. O'qildi: 228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!