Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Selfi AQSh fuqarosini 99 yillik qamoq jazosidan qutqarib qoldi

Selfi AQSh fuqarosini 99 yillik qamoq jazosidan qutqarib qoldi

Texas shtatida istiqomat qiluvchi Kristofer Prekopiya selfi jinoyat bo‘yicha o‘zini aybsiz ekanligini isbotlashga yordam berdi. Bu haqda KVUE nashri xabar qildi.

Yoshi yigit o‘zining sobiq qiziga suyuqasd qilishda ayblanayotgan bo‘lgan. U Kristofer uning uyiga bostirib kelganligi va ko‘krak qismida pichoq bilan xoch rasmini chizib jarohat yetkazganligi haqida polisiyaga ariza bilan murojaat qiladi.

Barcha ayblovlar faqat jabrlangan ayol so‘zlariga asoslanganligiga qaramasdan, Prekopiya shu kecha oilasi bilan bo‘lganligini ta’kidlaydi, biroq u hibsga olinadi.

Qoralovchi tomoni unga 99 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishini talab qildi. Keyinchalik yigitning yaqinlari uni 150 ming dollar garov evaziga qo‘yib yuborilishiga muvaffaq bo‘lishdi.

Yigitning aybsizligini uning onasi isbotladi. U qizga hujum qilingan kuni ular oilasi bilan voqea joyidan 65 km uzoqlikda joylashgan otelda kechki ovqat qilganligi esiga tushadi. Shu bilan birga, ular foto-suratga tushib, ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yishgan, xususan Kristofer geolokasiya bilan Facebookda selfi suratini joylashtiradi. Bu fotosurat polisiya xodimlarini shu yigit hodisa yuz bergan vaqtda umuman boshqa joyda bo‘lganligiga ishontirdi.

Keyinchalik xafa bo‘lgan qiz, sobiq yigitdan qasos olish maqsadida shu voqeani o‘ylab topganligi ma’lum bo‘ldi.

KVUE yozishicha, bu ishda tushunarsiz holatlar juda ko‘p. Jumladan, haqiqatda shu qizga hujum qilinganmi, yoki u o‘ziga o‘zi jarohat yetkazdimi. Shuningdek, Prekopiyuni shu restoranda ko‘rgan guvohlar polisiyani ishontira olmaganligi tushunarsiz holat.

Manba: sof. uz

Kiritildi: 21:32 17.11.2018. O'qildi: 2273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!