Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Sayxunobodda temir vagonda yong‘in yuz berdi, bir kishining jasadi topildi

Sayxunobodda temir vagonda yong‘in yuz berdi, bir kishining jasadi topildi

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 2019 yil 5 yanvar kuni Baxmalsoy MFY hududidagi fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonida joylashgan Guliston Dav Suv Maxsus pudrat DUKga tegishli ishchi xodimlarni dam olish uchun mo‘ljallangan temir vagonida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida vagonining yog‘och qoplamasi yonib zarar ko‘rgan hamda Guliston tumanida yashagan, yuqoridagi unitar korxonaning ishchisi bo‘lgan M.M.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:34 05.01.2019. O'qildi: 1562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!