SHHT kuzatuvchilari saylovda hech qanday qonunbuzilish holatlarini qayd etmadi, dedi Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chan Min brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 5 - 9 iyul kunlari SHHTning kuzatuvchilar missiyasi markaziy saylov komissiyasining taklifnomasiga binoan o‘z kuzatuvchilik missiyasini amalga oshirdi.
Missiyaning 22 nafar kuzatuvchi akkreditasiya qilingan. Ular saylov, qonunchilik, ijro, SHTH davlatlari diplomatik vakillari va SHHTning kotibiyat vakillari kuzatuvchi sifatida respublikada ro‘yxatdan o‘tgan.
Kuzatuvchilar missiyasi o‘z funksional vazifalarini SHHT davlatlarining standartiga muvofiq va shu bilan birga siyosiy neytralitet va mamlakatdagi ichki ishlariga aralashmaslik prinsipi va mamlakatning ichki qoida va tartiblariga muvofiq o‘z kuzatuv vazifalarini amalga oshirdi, — dedi SHHT bosh kotibi.
7-9 iyul missiya vakillari Toshkent shahar va Toshkent viloyatida joylashgan 40 tadan ortiq saylov uchastkalari bilan borib tanishdi, ovozlarni hisoblash jarayonida ham qatnashdi. Saylovchilar bilan suhbatlar o‘tkazdi. Saylov komissiya vakillari jamoatchilik tomonidan belgilangan kuzatuvchilar bilan ham erkin suhbatlar o‘tkazishdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kuzatuvchilar missiyasi o‘z tomonidan O‘zbekistonda qilingan tayyorgarlik ishlariga yuqori baho berayapti. Bu tayyorgarlik ishlari to‘la-to‘kis erkin saylovlarni o‘tkazilishiga zamin yaratdi va ularni asosiy vazifasi fuqarolarga xabardorlikni oshirish va bu ishlarda OAV vakillarini ham jalb qilishdan iborat edi.
“Kuzatuvlar paytida biz fuqarolarni faol qatnashuvi va shu bilan birgalikda saylov komissiyalarni yuqori tayyorgarlik darajasiga guvoh bo‘ldik. Kuzatuvlarimiz natijasida shuni aytishimiz mumkinki, butun saylov jarayoni tinchlik va hech qanday tashqaridan keskinliklar va shu bilan birgalikda biz tomonimizdan hech qanday e’tirozlar va arzlar kuzatilmadi. Shu bilan birgalikda nostandart holatlar ham kuzatilmadi”, - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovlar kuni missiya vakillari hech qanday qonunbuzilish holatlarini qayd etmadi. Kuzatuvchilar missiyasi muddatidan ilgari prezident saylovlari O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro standarlarga muvofiq o‘tkazildi.
Kuzatuvchilar missiyasi saylovlar ochiq va shaffof tarzda o‘tkazildi deb hisoblaydi va ular O‘zbekistonda demokratik jarayonlarni yanada ilgarilashga qaratilgan, — deb qo‘shimcha qildi SHHT bosh kotibi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 iyul kuni, muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi.