Isroil mudofaa kuchlari SAXAL isroillik muxlislarga hujum uyushtirilgan Niderlandiyada zudlik bilan qutqaruv missiyasini boshlashga tayyorlanmoqda.
Bu haqda SAXAL bayonotida aytilmoqda.
"Missiya Niderlandiya hukumati bilan kelishilgan holda yuk tashuvchi samolyot yordamida joylashtiriladi va tibbiy va qutqaruv guruhlarini o‘z ichiga oladi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, qutqaruv operasiyasi Isroil siyosiy rahbariyati ko‘rsatmasi bilan tayyorlanmoqda. SAXAL qo‘mondonligi uni Isroilning turli xavfsizlik bo‘linmalari va agentliklari bilan hamkorlikda boshqaradi.
Avvalroq Amsterdamda mahalliy “Ayaks” va Tel-Avivning “Makkabi” klublari o‘rtasidagi futbol uchrashuvidan so‘ng kamida o‘n nafar isroillik muxlis hujumga uchragani xabar qilingandi.