"Al-Hilol" hujumchisi Neymar qimmatbaho uzugini yo‘qotdi. Bu braziliyalik futbolchi maydonga tushayotgan vaqtda sodir bo‘ldi.
Kamera Neymarning muxlislar bilan salomlashayotgani tasvirga tushirdi. O‘sha paytda muxlislardan biri futbolchining barmog‘idagi uzukni yechib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Neymar bir necha metr yurdi, keyin qo‘liga, keyin esa tribunaga qaradi. Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, bir necha soatdan keyin uzuk deyarli 15 million yevroga sotuvga qo‘yildi.