Saudiya Arabistoni shimolidagi Al-Jafr hududida qor va do‘l yog‘di. Bu haqda Khaleej Times xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yomg‘ir va do‘ldan keyin qor yog‘gan. Meteorologlar qorni Arab dengizidagi past bosimli hududlarning kengayishi va ularning Ummon tomon siljishi bilan izohlamoqda. Saudiya Arabistoni hukumati aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga va to‘satdan suv toshqini xavfi mavjud hududlarga uzoq muddatli sayohatlardan saqlanishga chaqirmoqda.