Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Saudiya Arabistonida harakatlanishga to‘liq taqiq qo‘yildi

Saudiya Arabistonida harakatlanishga to‘liq taqiq qo‘yildi

Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallanganlar soni ortayotgani sabab Ramazon hayiti arafasida 22 maydan harakatlanishga to‘liq taqiq qo‘yildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi vakili Talol ash-Shalxubga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 23—27 may kunlari mamlakatning barcha shahar va mintaqalarida karantin rejimi kuchaytiriladi.

23 maydan boshlab podshohlikdagi barcha savdo markazlarini noma’lum muddatga yopish rejalashtirilgan.

Saudiya Arabistoni kasalxonalarida koronavirusga chalinganlarni davolashda sun’iy intellektdan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Ar-Riyod va Jidda shaharlaridagi tibbiyot komplekslarida Xitoyda ishlab chiqarilgan robot-shifokordan foydalanilmoqda, u bemorlarga tashxis qo‘yib, tahillar o‘tkazadi.

Apparatga shifokorlar masofadan turib COVID-19’ga chalinganlar bilan ishlay olishini ta’minlovchi qurilmalar o‘rnatilgan, u rentgenga tushiradi va smartfondagi ilova yordamida bemorning kasallik tarixi qaydlarini tekshiradi.

Robot-shifokor tibbiyot xodimlari va infeksiyaga chalinganlar orasidagi aloqani 95 foizga qisqartirishga yordam beradi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinganlar soni 67 719 kishiga yetgan, 28 218 bemor virus qurboniga aylangan.

Kiritildi: 23:07 23.05.2020. O'qildi: 2428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!