Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Saudiya Arabistonida haj ziyorati paytida vafot etganlar soni 1301 nafarga yetdi

Saudiya Arabistonida haj ziyorati paytida vafot etganlar soni 1301 nafarga yetdi

Saudiya Arabistonida haj ziyorati paytida vafot etganlar soni 1301 nafarga yetdi. Bu haqda qirollik sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan bayonotga asoslanib, Al Arabiya'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vaziri yakshanba kuni vafot etganlar bo‘yicha yangi statistikani e’lon qilgan. Ushbu statistikada jazirama issiq, salomatlikdagi muammolar va boshqa omillar sabab halok bo‘lganlar ro‘yxati keltirilgan.

Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd al-Jalajel davlat televideniyesiga holat yuzasidan shaxsan intervyu bergan. Vazir marhumlarning 83 foizi kerakli ruxsatnomalarsiz safarga chiqqan ziyoratchilar bo‘lganligini bildirgan.

Vazirning aytishicha, ruxsatsiz ziyoratchilar kuchli quyosh harorati ostida uzoq masofalarni bosib o‘tishgan. Oqibatda ularda salomatlik bilan bog‘liq muammolar yuzaga kela boshlagan.

Marhumlarning shaxsi aniqlashtirilgan. Ular Makka shahrida hurmat bilan dafn etilgan va ehtirom ko‘rsatilgan.

Qirollik sog‘liqni saqlash vazirligi hozirga qadar ziyoratchilarga 1,3 millionga yaqin profilaktik xizmatlar ko‘rsatganini xabar bergan. Shuningdek, 465 000 dan ortiq ziyoratchiga davolash xizmatlarini taqdim etilgan. Ularning 141 ming nafari haj ziyorati uchun ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan.

Kiritildi: 10:49 24.06.2024. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!