Saudiya Arabistonida erining ruxsatisiz telefonini tintuv qilgan xotin qamoq va katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda Gulf News nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, advokat Rim Ibrohimning aytishicha, agar ayol erining telefonini yashirincha tintuv qilsa, uning qilmishi birovning suhbatini tinglash va qonun buzilishi hisoblanadi. Bunda er xotinining ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Agar ayol aybdor deb topilsa, xotin bir yilgacha qamoq jazosi va kiberjinoyatlarga qarshi qonun bo‘yicha maksimal 500 000 SR ( $133,209.22) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
Biroq, boshqa bir huquqshunosning aytishicha, turmush o‘rtoqlar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb baholash qiyin. Agar xotin erining telefonining PIN raqamini bilsa, uning telefonga kirishi qonuniydir va hatto qidiruv maqsadida bo‘lsa ham jinoyat emas, deya keltiriladi xabarda