Saudiya Arabistoni sho‘ro kengashi “Saudiya — O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik qo‘mitasi raisi Muhammad bin Abdulaziz al-Jabra boshchiligidagi parlament delegasiyasi 30 iyun kuni O‘zbekistonga tashrif bilan keldi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mehmonlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev kutib oldi.
Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Tashrif davomida Saudiya Arabistoni parlamenti delegasiyasining Oliy Majlis palatalari rahbariyati bilan uchrashuvlari, Samarqand, Buxoro hamda Toshkent shahrining tarixiy va me’moriy obidalariga tashrifi rejalashtirilgan.