Saudiya Arabistoni havo kuchlarining F-15 SA qiruvchi samolyoti Zahron shahridagi harbiy baza yaqinida halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi vakili Turki al-Malikiy "X" ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot mahalliy vaqt bilan soat 12:50da Zahrondagi Qirol Abdulaziz harbiy-havo kuchlari bazasi hududida rejali o‘quv parvozi vaqtida qulagan.
Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, ikki kishidan iborat qiruvchi ekipaj omon qolmagan. Voqea yuzasidan maxsus komissiya tekshiruv boshlagan.