Sardor o‘tgan mavsumda jamoasi tarkibida 21 o‘yinda qatnashdi va 5 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Mavsum yakunlangach S.Rashidovning klubi bilan tuzgan shartnomasi ham o‘z yakuniga yetgan edi.
So‘nggi xabarlarga qaraganda, S.Rashidov qatarliklar bilan shartnomasini uzaytirgan.
Biroq jamoa va futbolchimiz o‘rtasidagi yangi shartnoma bandlari ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Qatar yulduzlar ligasida yangi mavsum 3 sentyabr kuni boshlanadi.