Turkmanistonda afv etish aksiyalari yiliga 3-4 marta o‘tkaziladi va asosiy bayramlarga to‘g‘ri keladi.
22 aprel kuni Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhamedov Qadr kechasi sharafiga 514 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Mudofaa vaziri, Fuqarolik va afv etish masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash komissiyasi raisi Begench Gundog‘diyevga huquq-tartibot idoralari va boshqarma rahbarlari bilan birgalikda fuqarolarni zudlik bilan uylariga yetkazish, ularni ish bilan ta’minlash topshirildi.
Bu yil 2 apreldan 2 mayga qadar davom etadigan Ramazon oyida Qadr kechasi alohida o‘rin tutadi. Bu kecha 28 aprelga o‘tar kechasiga to‘g‘ri keladi. Qur’onning birinchi suralari Muhammad alayhissalomga shu kechada nozil qilingan.