Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Saratov viloyatida migrantlarga kuryerlik qilish taqiqlandi

Saratov viloyatida migrantlarga kuryerlik qilish taqiqlandi

Rossiya Federasiyasining Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin 2025 yil 1 yanvardan boshlab kuryerlik xizmatida ishlash uchun chet ellik mehnat muhojirlarini jalb qilishni taqiqlaydi.

Shuningdek, migrantlarga jamoat transporti, taksi va umumiy ovqatlanish sohasida ishlash taqiqi uzaytiriladi.

“Chet elliklarning patenti asosida ishchilarni jalb qilish taqiqi uzaytirildi. Qolaversa, ular orasiga kuryerlik ham qo‘shildi. Taqiq yil boshidan, 2025 yil oxirigacha amal qiladi”, deyiladi xabarda.

Belgilangan taqiq quyidagi sohalarga taalluqli ekani eslatilgan:

shahar va shahar atrofi transportida yo‘lovchilarni tashish;

ijaraga olingan avtomobillarda taksi haydash faoliyati;

oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash faoliyati;

Kiritildi: 19:00 07.11.2024. O'qildi: 884 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!