Nazarboyevning matbuot kotibi Qozog‘istonning sobiq birinchi xonimi vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
"Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning rafiqasi shifoxonada davolanmoqda. Uning vafot etgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi," - dedi Aydos Ukibay.